Otabek o’zining professional ish faoliyatini 2000-yilda “PricewaterhouseCoopers Uzbekistan”da boshlab, 2015-yil iyul oyiga kelib “PricewaterhouseCoopers” amaliyotining O’zbekistondagi Boshqaruvchisi va auditorlik bo’limining rahbari etib tayyinlangan. Otabek O’zbekiston, Rossiya va Qozog’istonda tashqi audit sohasida o’n besh yildan ortiq tajriba orttirgan, shuningdek, turli sohalarda, jumladan telekommunikatsiya, ishlab chiqarish, energetika, neft-gaz, tog’-kon sanoati, mehmonxonaga biznesiga oid va boshqa sohalarda amaliy bilim va tajriba orttirgan. Otabek, shuningdek, Jahon banki, Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va boshqalar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni auditorlik tekshiruvi va MHXSga utish jarayonlarida ishtirok etgan.
Otabek 4 yil davomida “PricewaterhouseCoopers”ning Moskva va Olmaota ofislarida MHXS metodologiyasi bo’limida malakasini oshirish bilan birga u yerda moliyaviy hisobotni MHXSga muvofiqligini tekshirish va MHXSning murakkab masalalari bo’yicha auditorlik guruhlariga maslahat berish bilan shug’ullangan.
Otabek “PricewaterhouseCoopers” hodimlari hamda kompaniya mijozlari uchun ko’plab treninglar o’tkazgan. Otabek ACCA ning haqiqiy a’zosi hisoblanadi va 2013 yildan beri malakali auditor sertifikatiga ega.
Nodirbek buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobotlar sohasida yigirma yildan ortiq professional tajribaga ega. Nodirbek Wisdom Advisory direktori bo’lishidan avval 2020-yil iyulidan 2022-yil iyuligacha O‘zbekistondagi eng yirik alyuminiy va plastmassa profillar ishlab chiqaruvchi AKFA GROUP kompaniyasida ishlagan, u yerda korporativ boshqaruv bo‘limiga rahbarlik qilgan va IPO (kompaniyaning ommaviy taklifi) ga kirish uchun javobgar bo’gan. Bu ikki yil davomida u ichki audit, risklarni boshqarish, biznes jarayonlari hamda MHXS bo'limlarini to'liq shakllantirdi.
Nodirbek 2004-yil iyulidan 2020-yil iyuligacha O‘zbekistondagi PricewaterhouseCoopers va Deloitte kabi “Katta To’rtlik” kompaniyalarida 15 yildan ortiq tajriba to‘plagan. Nodirbek Katta To‘rtlik dagi faoliyati davomida kichik konsultant lavozimidan audit bo‘limida katta menejer darajasiga ko‘tarildi, u yerda MDH mamlakatlaridagi yirik banklar va korxonalarning auditida qatnashdi va keyinchalik rahbarlik qildi, bu yerda MHXS tamoyillari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni audit bo’yicha xalqaro standartlarga asosan tekshirish bo‘yicha puxta tajriba to‘pladi. Katta To‘rtlikda u yirik tijorat banklari, sement zavodlari, avtomobillar va yirik transport vositalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, tog‘-kon va qayta ishlash sanoati, to‘qimachilik fabrikalari va boshqa ko‘plab korxonalarni audit qilish bo‘yicha katta tajriba to‘plagan. Nodirbek, shuningdek, Jahon banki, YeTTB, OTB va boshqalar tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarning auditi va MHXS transformatsiyasini nazorat qilgan va ishtirok etgan.
Nodirbek mijozlarga MHXSga o'tish bo'yicha maslahat beradi va MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotga o'tish bo'yicha guruhlarni boshqaradi.
Nodirbek ACCAning toʻlaqonli aʼzosi va ACCA xalqaro moliyaviy hisoboti (DipIFR) diplomiga ega.
Mustafo buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot sohasida 16 yildan ortiq tajribaga ega. O’zining professional ish faoliyati davomida Mustafo 10 yildan ortiq vaqt davomida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda joylashgan “PricewaterhouseCoopers” ofislarida ishlagan. Uning mijozlari qatoriga xalqaro moliya institutlari, investitsiya kompaniyalari va ishlab chiqarish korxonalari kirgan.
Mustafo Saudiya Arabistoni kompaniyalarining milliy moliyaviy hisobot standartlaridan (SOCPA) MHXSga o’tish jarayonlarida ishtirok etgan va Yaqin Sharq korxonalariga buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning murakkab masalalari bo’yicha maslahat berish xizmatlari bilan shug’ullangan. 2019 yildan boshlab, “Wisdom Advisory” asoschilaridan biri sifatida faoliyat boshlagan vaqtga qadar, Mustafo BAAning Abu-Dabidagi investitsiya bankida moliyaviy nazoratchi lavozimida ishlagan. Mustafo moliyaviy menejment bo’yicha bakalavr va magistr darajalariga hamda buxgalteriya hisobi va moliya bo’yicha ikkita xalqaro malaka sertificatlariga ega (ACCA va CIPA).
Saidabbos moliyaviy funktsiyalar transformatsiyasi bo’yicha kompaniyalarga maslahat berish va MHXS, AQSh GAAP (Buxgalteriya Hisobining Umumiy Qabul Qilingan Tamoyillari), IPSAS (Davlat Sektorida Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standartlari) va maxsus hisobotlarni, shuningdek, MHXS ni qo’llash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish va korporativ o’quv dasturlarini qo’llash bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatishda katta tajribaga ega.
Saidabbos shuningdek, O’zbekiston, Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarida bank va bankdan tashqari moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiyalar, sog’liqni saqlash, energetika va ishlab chiqarish kompaniyalari auditi bo’yicha katta tajribaga ega. U Nasdaq birjasida ro’yxatga olingan eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasining qo’shma auditida ishtirok etib, xususan Sarbanes-Oksley va AQShning GAAS (Umumiy Qabul Qilingan Audit Standartlari) nazorat jarayonlarini tekshirishda ishtirok etgan.
In addition, he participated in an internal audit assessment project for a major energy company in order to provide recommendations on the compliance of the organization's internal audit functions with the IIA International Standards for the Professional Practice of Internal Auditing.